So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

04 iyu 12:39
Yangiliklar

Velosport

Toshkent viloyatida ham velomarafon o'tkazildi

Teglar :  VelosportMarafon
Quyichirchiq tumanida “3 iyun - Butunjahon velosiped kuni”ga bag'ishlab “Sog'lom oila-jamiyat boyligi” shiori ostida velomarafon bo'lib o'tdi.

2018 yilning 3 iyun kuni Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida “Sog'lom oila-jamiyat boyligi” mavzusida velomarafon bo'lib o'tdi. 3-iyun Xalqaro velosipedchilar kuniga kuniga bag'ishlab tashkil etilgan mazkur velomarafon Toshkent viloyati Xotin-qizlar qo'mitasi, Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda O'zbekiston velosiped sporti Federaciyasi Toshkent viloyati tashabbusi bilan o'tkazildi. Musobaqa uch yosh toifasida  tashkil etildi.
Birinchi toifadan 18 -30 yoshli xotin-qizlar o'rin olgan bo'lsalar, 31-45 yoshli ishtirokchilar ikkinchi toifaga ajratilishdi. Uchinchi yosh toifasini esa yoshi 45 dan oshgan ayollar tashkil etib berishdi. Marafonda nafaqat professional sportchilar, balki Quyichirchiq tumanida patronaj xizmatini olib borayotgan oddiy hamshiralar ham ishtirok etishdi.
Aslida mazkur velomarafonni tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad xotin-qizlar o'rtasida faol va sog'lom turmush tazini targ'ib qilish, ularni jismoniy kamolotga etkazish, ishtirokchilar sport mahoratini oshirish, ekologik jihatdan ularning xavfsizligini taminlashdan iborat edi.  

Quyichirchiq tumanining Oydinobod MFY Oqqo'rg'on ko'chasi bo'ylab jami 2,5 km masofaga o'tkazilgan marofonda Quyichirchiq va unga yaqin xududlardagi tumanlardan 120 nafardan ziyod xotin-qizlar ishtirok etishdi.


Natijalar quyidagi ko'rinishni hosil qildi:

18-30 yoshli xotin-qizlar o'rtasida :

1. Abdumajidova Nargiza
2. Jumaniyozova Dilnoza
3. Qahramonova Sitora

31 – 45 yoshli ayollar o'rtasida:  

1.Norqulova Eleonora
2.Dushanboeva Sevdo
3. Jiyankulova Aziza


45 yoshdan katta ayollar o'rtasida:

1. Imomberdieva Janar
2. Kalibaeva Nurzoda
3. Tojiboeva Nasiba.

“G'alabaga bo'lgan intilishi uchun”: Rashidova Yulduz

“Eng faol ayol poygachi”: To'raeva Nargiza

“Eng yosh ayol poygachi”: Haydarova SHahlo

“Eng mahoratli poygachi”: Rahmatova Dilbar

“Eng yoshi ulug' poygachi”: Rahimova Muxtabar

Velomarafon yakunida g'olib va sovrindor bo'lgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. Taqdirlash marosimida Toshkent viloyati hokimi o'rinbosari, viloyat Xotin-qizlar qo'mitasi raisi – O'zbekiston velosiped sporti Federaciyasi Toshkent viloyati bo'limi raisi Ozoda Parpiboeva hamda O'zbekiston Xotin qizlar qo'mitasi raisi o'rinbosari Nurmatova Mukarramlar ishtirok etib, g'oliblarni qutladi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing