02 okt 12:01
Yangiliklar

“Toshkent yo'lbarsi” Rufat Risqiev 71 yoshda!
Rufat Asadovich Risqiev 1949 yil 2 oktyabr kuni Toshkent viloyatining Oqqo'rg'on shahrida tavallud topgan. 1974 yilgi jahon chempionatida zafar quchib, dunyo birinchiligida g'alaba qozongan ilk o'zbek bokschisi bo'lib tarixda qoldi.
SHuningdek, Rufat Asadovich 1976 yilgi Olimpiya o'yinlari finalchisi ham ekani yaxshi malum. 2019 yildan etiboran boks bo'yicha O'zbekiston chempionatining eng yaxshi ishtirokchisiga Rufat Risqiev sovrinini topshirish joriy etildi.
Rufat Asadovich o'zbek boksiga tamal toshini qo'ygan insonlardan biri hisoblanadi. Bokschilarimizning hozirgi muvaffaqiyatlarida ham ushbu mutaxassisning xizmati beqiyosdir. Rufat Risqiev joriy yil Mustaqilligimizning 29 yilligi arafasida Prezidentimiz tomonidan “Do'stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Fikrlar