21 apr 08:07
Yangiliklar
Gimnastika
Toshkentda badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogi bosqichi boshlandi
Poytaxtimizda badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogining uchinchi bosqich musobaqasi start oldi.
Bahslarda 14ta mamlakat vakillari ishtirok etmoqdalar. Qizlarimiz ushbu turnirda Armaniston, Belarus, Bolgariya, Vengriya, Rossiya, Isroil, Qozog'iston, Qirg'iziston, Sloveniya, AQSH, CHexiya, Estoniya hamda Ukrainadan tashrif buyurgan raqibalar bilan bellashyaptilar.
Musobaqada yurtimiz sharafini yakkalik bahslarida Sabina Tashkenbaeva va Nurinisso Usmonova himoya qilishadi. Qizlarimiz shuningdek jamoaviy bahslarda ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazadilar.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar