So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

19 apr 16:41
Yangiliklar

Gimnastika

Toshkentda badiiy gimnastika bo'yicha jahon kubogi bosqichi va “Happy Caravan – 2017” xalqaro turniri start oldi

Teglar :  Badiiy gimnastika
Poytaxtimizda bir necha yildan beri ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan “Happy Caravan” turniri boshlandi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston va Xalqaro gimnastika federaciyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqalarda mamlakatimiz gimnastikachilaridan tashqari Armaniston, Avstraliya, AQSH, Belarus, Bolgariya, Gruziya, Indoneziya, Ispaniya, Isroil, Latviya, Norvegiya, Rossiya, Sloveniya, Tailand, Finlyandiya, SHveycariya, Estoniya, Yaponiya va Qozog'iston kabi davlatlardan yuz ellikdan ziyod kuchli gimnastikachilar ishtirok etishmoqda. 

Toshkentdagi Gimnastika bo'yicha bolalar-o'smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxiralari sport maktabida start olgan “Happy Caravan – 2017” xalqaro turniridan so'ng shu erning o'zida Gimnastika bo'yicha jahon kubogi bosqichi boshlanadi. Malumki, poytaxtimiz bir necha bor badiiy gimnastika bo'yicha jahon kubogi bosqichlariga mezbonlik qilgan, 2010 yilda o'smirlar o'rtasidagi I Olimpiadaga yo'llanma beruvchi Osiyo chempionati ham aynan Toshkentda tashkil etilgan. 

SHuningdek, jajji qizaloqlarni gimnastikaning nafis turiga keng jalb etish maqsadida ananaviy "Happy Caravan" xalqaro turniri muntazam o'tkazib kelinmoqda. Bu safargi musobaqaning yakkalik bahslarida Dildora Rahmatova, Nuriniso Usmonova, Taxmina Ikromova, Xurshida Abduraufova, Sevinch Turdieva, Nargiza Jumaniyozova, Diyora Burhonxo'jaeva, Lola Zokirova, Farzona Usmonova singari gimnastikachilarimiz Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda. Guruh bahslarida SHahrizoda Arzimatova, Ekaterina Fetisova, SHahrizoda Qayumova, Dinora Izzatullaeva, Sunajon Sotimboeva, Anastasiya Tixonovadan iborat jamoamiz qatnashmoqda.  

Nufuzli turnirning birinchi kunida gimnastikachilar jamoaviy ko'p kurash bo'yicha g'oliblik uchun o'zaro bahslashdi. O'zbekiston terma jamoasi azolari Diyora Burxonxo'jaeva xalqada 15.05 ball, Taxmina Ikromova koptokda 15.15 ball, bulavada 14.35 ball, Sevinch Turdieva tasmada 14.15 ball to'pladi. SHu tariqa 58.7 ball to'plagan terma jamoamiz shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy oldi. 

Eslatib o'tamiz, 18-19 aprel kunlari “Happy Caravan – 2017” xalqaro turniri o'tkazilsa, 21-23 aprel kunlari Jahon kubogi bosqichi bo'lib o'tadi. Malumot uchun, Xalqaro gimnastika federaciyasi (FIG) tomonidan tashkil qilingan jahon kubogi to'rtta mamlakatda o'tkaziladi. Ulardan dastlabkisi Italiyaning Peskara shahrida bo'lib o'tdi. Ikkinchisiga Toshkent shahri mezbonlik qilsa, uchinchi va to'rtinchi turnirlar Boku va Sofiya shaharlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing