So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

15 apr 18:25
Yangiliklar

Gimnastika

Toshkentda badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogi start olmoqda

Teglar :  Badiiy gimnastika
Ertaga poytaxtimizda badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogi seriyalaridan biri start oladi.

Ahamiyatlisi, ushbu musobaqa Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga licenzion ochko beruvchi 4 bosqichdan biridir.

Unda qatnashishi rejalashtirilgan davlatlar soni – 33 ta, sportchilar soni taxminan 100 nafarni tashkil etishi kutilmoqda. Xalqaro gimnastika federaciyasining Olimpiya o'yinlariga ishlab chiqqan saralash tizimiga ko'ra, yaqin vaqt ichida bo'lib o'tadigan 4 ta Jahon kubogi bosqichi yakuni bo'yicha yakkalik yo'nalishda Olimpiada yo'llanmalari o'ynaladi. Toshkent muntazam ravishda Jahon kubogi bosqichlarini qabul qilib kelgan. Tabiiyki, bu yilgi musobaqaning nufuzi avvalgilaridan o'zgacha. Reglamentga ko'ra, har bir mamlakat ushbu 4 bosqich uchun yakkalik yo'nalishida 2 nafar sportchisini ro'yxatga kiritishi mumkin. Bu borada jamoamiz sharafini Ekaterina Fetisova hamda Sabina Tashkenbaeva himoya qilishini aytib o'tish o'rinli. Jahon kubogi bosqichlari quyidagi sanalarda bo'lib o'tadi:

1. 26-28 mart, Sofiya (Bolgariya)
2. 16-18 aprel, Toshkent (O'zbekiston)
3. 7-9 may, Boku (Ozarbayjon)
4. 28-30 may, Pesaro (Italiya)

Takidlash joiz, 4 bosqich yakunida avvalgi turnirlar orqali licenziya ololmagan eng yaxshi 3 gimnastikachi (bir davlatga 1 kvota) Tokio-2020 ishtirokchisiga aylanadi. Jahon kubogi reytingi yakunida 2019 yilgi jahon chempionati orqali yo'llanma olgan va licenziya olmagan mamlakatning ikkinchi o'rinda turgan vakillari kuchli uchlik hisobida yuritilmaydi.

Reglamentga ko'ra, 16-17 aprel kunlari faqat saralash bahslari, 18 aprel sanasida esa barcha yo'nalishlarda final bahslari bo'lib o'tadi. Tantanali ochilish marosimi ertaga soat 19:30 da musobaqaga mezbonlik qiluvchi poytaxtimizdagi «Universal» gimnastika saroyida bo'lib o'tadi.

Hozirda Sofiyada o'tgan musobaqa yakuni bo'yicha Sabina Tashkenbaeva to'qqizinchi, Ekaterina Fetisova 16-pog'onada turibdi. Umid qilamizki, gimnastikachilarimiz Toshkent turniri orqali Tokio Olimpiadasi yo'lida o'z o'rinlarini yanada mustahkamlab olishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing