25 sen 10:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Toshkentda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'tkaziladi
Kecha O'zbekiston boks federaciyasi Liverpuldagi JCH yakunlariga bag'ishlab matbuot anjumani o'tkazdi.
Olamsport.com muharriri Aziz To'xtamurodovning o'z Telegram kanalida yozishicha, anjuman davomida bu yilgi kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga Toshkent shahri mezbonlik qiladi.
"Boks bo'yicha 2025 yilgi kattalar o'rtasidagi (Asian Boxing) Osiyo chempionatiga Toshkent shahri mezbonlik qiladi. O'zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi SHohid Tillaboevning malum qilishicha, musobaqa shu yil oxirida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda", deb yoziladi xabarda.
Malumot o'rnida, Asian Boxing tashkiloti World Boxing shafeligida tashkil etilgan bo'lib, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov uning vice-prezidenti hisoblanadi.
Havola :
Manba : Sport Universal
Fikrlar