So’nggi yangiliklar

18:45Азат Максум ACA билан шартнома имзолади 0 18:11Конорга спарринг шерик бўлган ҳамюртимиз нуфузли ММА Лигаси билан шартнома имзолади 0 17:23ЖЧ-2026`да иштирок этадиган мураббийлар қанча маош олишади? Каннаваро Топ-5`да! 0 16:51Усик ва Дана Уайт 2026 йилда спортдаги таъсир доираси кенг 100 киши рўйхатига кирди 0 16:262026 йилнинг энг абжир “шунқорлари” аниқланди 0 16:02Жанги бекор бўлган Нурмагомедовга янги рақиб берилди 0 15:38Сўнгги тўртта ЖЧ ғолибини тўғри топган EA Sports бу сафар ҳам башорат берди 0 15:14UFC`нинг янги рейтинглари сунъий интеллект томонидан шакллантирилади 0 14:47Нурмагомедовнинг Мартинесга қарши жанги бекор қилинди. Сабаби маълум! 0 14:23WBO рейтинги янгиланди, Жалоловнинг ўрнида ўзгариш борми? 0 13:49Фабио Каннаваро: "Ўзбекистонликларга айтадиган гапимиз шу..." 0 13:13FIDE Circuit 2026-2027: Абдусатторов етакчиликни сақлаб қолди, Синдаровчи? 0 12:25UFC Freedom 250 иштирокчиларининг якуний таркиби ва жанглар тартиби тасдиқланди 0 11:49Бекзод Абдураҳмонов дебют қиладиган, Чимаев, Царукян ва Фергюсон иштирок этадиган RAF 10 турнирининг тўлиқ карди маълум 0 11:16"Бенфика" Моуриньюнинг ўрнини ким эгаллашини эълон қилди 0

22 okt 03:38
Yangiliklar

Dzyudo

Toshkentda ixtisoslashtirilgan dzyudo zali foydalanishga topshirildi FOTOREPORTAJ

Teglar :  DzyudoToshkent
Poytaxtimizning SHayxontohur tumanidagi 102-umumtalim maktabi hududida bunyod etilgan engil konstrukciyali dzyudo zalining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Prezident SHavkat Mirziyoevning hududlarga tashrifi chog'ida engil konstrukciyali (sendvich-panelli) sport inshootlarini qurish bo'yicha ko'rsatma berilgan edi. O'zbekiston dzyudo federaciyasi hamda Xalqa talimi vazirligi hamkorligida boshlangan bu xayrli ishlar ana shu islohotlarning amaldagi ifodasi bo'lmoqda.

Bayramona ruhda o'tgan tadbirda O'zbekiston Xalq talimi vaziri SHerzod SHermatov, Turizm va sport vaziri o'rinbosari Avaz Karimov, Toshkent shahar hokimi o'rinbosari Faxriddin Davrukov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov, Paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, MOQ raisi o'rinbosarlari SHerzod Tashmatov, Saken Polatov, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi, MOQ raisi o'rinbosari Azizjon Kamilov, SHayxontohur tumani hokimligi mutasaddilari, maktab joylashgan "Bog' ko'cha" mahalla faollari hozir bo'lishdi.

Marosimning kirish qismida ramziy manodagi lenta kesilib, dzyudo zali kaliti maktab direktori Rano Mirzajonovaga topshirildi. Xalq talimi vaziri SHerzod SHermatov o'z nutqi bilan tadbirning rasmiy qismini ochib berdi.    

"Ushbu loyiha doirasida Respublika bo'ylab har bir viloyatda zamonaviy ixtisoslashtirilgan dzyudo zallari bunyod etilmoqda. SHu kungacha Samarqand va Qo'qon shaharlarida ana shunday zamonaviy ko'rinishdagi dzyudo zalini foydalanishga topshirgan edik. Bugun siz bilan loyiha doirasidagi uchinchi ixtisoslashtirilgan dzyudo zalining ochilish marosimida jam bo'ldik. Loyihaga ko'ra, Respublikamizning aholi eng zich joylashgan xududlaridagi 14 ta maktabda 28 000 o'quvchi va 70 000 nafar bolalarni sport to'garaklariga jalb qilish imkoniyati yuzaga keladi. Bizning asosiy maqsadimiz – joylarda sog'lom turmush tarzini yanada shakllantirish, bolalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning dzyudoga bo'lgan mehrini maktab yoshidanoq uyg'otishni taminlash iborat", - dedi Xalq talimi vaziri.

"Ixtisoslashtirilgan dzyudo zali barcha zamonaviy talablarni inobatga olgan holda bunyod etilgan bo'lib, erkaklar va ayollar kiyinish xonalari, dush, avtonom isitish tizimi, eng yaxshi mashq uskunalari, jahonda sertifikatlangan ishlab chiqaruvchilarning tatami gilamlari bilan jihozlangan. Bunday dzyudo zallarining ochilayotgani har birimizni birdek xushnud etadi. O'ylaymanki, bu erdan yurtimiz sporti dovrug'ini dunyoga yanada tanitadigan dzyudochilar etishib chiqadi. Fursatdan foydalanib, O'zbekiston Xalq talimi vazirligi hamda mamlakat dzyudo federaciyasi rahbariyatiga shahrimiz hokimi nomlaridan rahmat aytaman", - dedi Toshkent shahar hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikaciyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari F.Davrukov.


"So'zim avvalida barchani bugungi bayram – O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kuni bilan Milliy olimpiya qo'mitasi, Federaciyamiz va shaxsan o'z nomimdan tabriklayman. Bugun siz azizlar bilan poytaxtimizdagi 102-son umumtalim maktabida zamonaviy, barcha talablarga javob beradigan dzyudo zalining tantanali ochilish marosimida ko'rishib turibmiz. O'zbekiston Xalq talimi vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston dzyudo federaciyasi hamkorligida bunyod etilgan zamonaviy dzyudo zali mahalla ahli, maktab o'quvchilari uchun bugungi bayramga sovg'a bo'ldi deyish mumkin. Ishonchim komil, bugun biz ochilishida qatnashayotgan bu ko'rkam sport zalidan ham yaqin yillarda o'zbek sporti dovrug'ini dunyoga yanada tanitadigan dzyudochilar etishib chiqadi", - dedi A.Kamilov.

"Dunyoda dzyudo sport turi rivojlangan davlatlar amaliyotiga nazar tashlasak, u erda bolalar dzyudo yakkakurashi bilan maktabdayoq shug'ullanishni boshlaydilar. Xalqaro musobaqalar – Olimpiada va jahon chempionatlaridagi katta yutuqlar ham aynan shuning mevasi. O'zbekistonda ham jahon amaliyotidan andoza olib, dzyudoni ommalashtirish, rivojlantirish quyidan boshlanyapti. Bu qurilayotgan dzyudo zallari aynan shuning uchun xizmat qiladi", - dedi R.SHoabdurahmonov.  

Dzyudo zali qisqa fursatda bunyod etilgan bo'lib, barcha zamon talablariga to'liq javob beradi. Zalga to'shalgan tatamida bemalol nufuzli xalqaro turnirlarni o'tkazish mumkin. Zal hajmi 30 metrga 18 metrni tashkil qiladi. Balandligi - 10 metr.  

Maktab o'quvchilari hamda dzyudo va turon yakkakurash sport turi vakillarining ko'rgazmali chiqishlari tadbirga ko'tarinki ruh bag'ishladi. Yil oxirigacha qolgan viloyatlarda ham ayni paytda qurilish davom etayotgan dzyudo zallari bolajonlarga sovg'a qilinadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing