So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

06 okt 21:26
Yangiliklar

Qiziqarli!, Xokkey

Toshkentda katta xokkey. "Humo" ishtirokidagi o'yinlarga borishingiz uchun 7 ta sabab + FOTO

Ertaga, 7 oktyabr kuni Toshkentning "Humo" jamoasi VXL doirasida navbatdagi uy uchrashuvini o'tkazadi.

Jamoamiz uchun mavsumdagi o'ninchi o'yinda Rossiyaning "Ermak" (Angarsk) jamoasi raqiblik qiladi. Bo'lajak uchrashuvda xokkeychilarimiz uchun g'alaba suv va havodek zarur. Uy o'yinlari seriyasidagi ikkita kuchli jamoaga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng "Humo"ga 7 oktyabrda muxlislar qo'llab-quvvatlovi yaxshigina yordam beradi. 

Biz bugun "Humo" ishtirokidagi o'yinga borishingiz uchun bir nechta sababni keltirib o'tmoqchimiz. 

1. Katta xokkey va keskin kurashlar

Oliy xokkey ligasi (VXL) Rossiyada nufuzi jihatdan KXLdan keyin ikkinchi darajadagi liga hisoblanadi. "Humo" yangi mavsumni aynan ushbu saviyadagi ligada o'tkazmoqda. Ligada Rossiyadan tashqari Xitoy va Qozog'istondan ham klublar kurash olib borishmoqda. Bu yildan boshlab O'zbekiston ham mazkur ligadan o'rin oldi. Haqiqiy xokkeyni tomosha qiling va keskin kurashlardan zavqlaning.


2. "Humo" safida "Ermak"ka qarshi o'ynaydigan yulduzlar

"Humo" VXLga qo'shilganidan so'ng o'z tarkibini yulduzlar bilan to'ldirib oldi. Ammo, hozirda jamoaning bir necha etakchilari jarohat olgan. SHunday bo'lsada, ertaga "Ermak"ka qarshi o'yinda biz jamoa safida bir necha yulduzlarning harakatini bevosita arenadan kuzatib boramiz.

Ular: 

38-raqam: Evgeniy Grigorenko ("Metallurg-Magnitogorsk" klubi tarbiyalanuvchisi, "Gagarin kubogi" sohibi)

42-raqam: Pavel Zdunov (O'z vaqtida KXLda mavsum kashfiyoti deb topilgan)

17-raqam: Artyom Voronin (Rossiya terma jamoasi safida yoshlar o'rtasida jahon chempioni, 9 yil davomida Moskvaning "Spartak" jamoasi sharafini himoya qilgan, muxlislar orasida "Legenda # 17" laqabi bilan tanilgan)



3. "Humo Arena"

SHu yil mart oyida foydalanishga topshirilgan zamonaviy inshoot Rossiyadan tashrif buyurgan murabbiy va xokkeychilarni ham lol qoldirmoqda. Agar hali "Humo Arena"ga bormagan bo'lsangiz, bo'lajak o'yin orqali bahonada muhtasham arenani ham tomosha qilasiz. 


4. Ajoyib muhit, chirlidingchilar va musiqa

Arenaga kirar ekansiz, "Nahotki O'zbekistonda ham mana shunday muhit paydo bo'ldi? Bo'lar ekan-ku" deb yuborasiz. O'yindagi to'xtalishlar vaqtida saroyda ajoyib musiqalar yangraydi va chirlidingchi qizlar o'z raqslarini namoyish etishadi. Siz ham birga raqsga tushishingiz mumkin :))  

U erdagi muhit baribir boshqacha, ishonavering! Davrlar oralig'idagi tanaffuslar vaqtida esa siz "Humo" libosidagi xokkeychilar bilan fotosessiya va avtograf-sessiyada ishtirok etishingiz mumkin bo'ladi. Bu sizni jamoaga yanada yaqinlashtiradi.


5. Tanlovlar va esdalik sovg'alari

Tanaffus vaqtida tashkilotchilar muxlislarni zeriktirib qo'ymaslik yo'lini ham o'ylab qo'yishgan. Eng faol muxlislar uchun turli tanlovlar tashkil etiladi va siz u erdan esdalik sovg'alari bilan uyga qaytishingiz mumkin. 


6. Muxlislar uchun qulay sharoit

O'yin atrofidagi detallarga etibor berar ekansiz, klubda muxlislarni jalb qilish uchun marketing yaxshi yo'lga qo'yilganligini sezish qiyin emas. Muz arenasida shirinliklar, eguliklar hamda issiqqina choy va kofelar xarid qilishingiz mumkin. SHuningdek, muxlislar o'z sevimlilarining atributkalarini sotib olishlari uchun savdo nuqtasi ham tashkil etilgan. Aytgancha, arenaga o'zingiz bilan nisbatan issiqroq kiyim olishni unutmang. 


7. Oilaviy tashrif buyurish uchun ajoyib joy

Siz turmush o'rtog'ingiz va farzandlaringiz bilan birga borib, u erda hordiq chiqarishingiz mumkin. Ishonchimiz komil, ular "Humo" ishtirokidagi xokkey o'yinidan bir olam taassurotlar bilan qaytishadi. Aytgancha, bolalar uchun chiptalar narxi 50 foiz chegirma bilan sotiladi. 


 

Haqiqiy xokkey, cheksiz taassurotlar, adrenalin va go'zal qizlar. "Humo" ishtirokidagi o'yinga tashrif buyuring va Olamsport.com sayti fotografi obektivlaridan o'rin oling!


Avvalgi o'yindan fotogalereyani tomosha qiling:

Toshkentda chirlidingchi qizlar, "Yugra" muxlislari va boshqalar. "Humo Arena"ga xokkey tomosha qilish uchun tashrif buyurgan muxlislar (FOTOGALEREYA)

"Humo"ning "Yugra"ga qarshi o'yinidan eksklyuziv FOTOGALEREYA

Eslatib o'tamiz, "Humo" hamda "Ermak" o'yini soat 19:30 da boshlanadi. CHiptalarni arena kassalaridan va iTicket.uz sayti orqali sotib olishingiz mumkin. CHipta narxlari 10 000 - 75 000 so'm oralig'ida. Yuqorida qayd etilganidek bolalar uchun chiptalar 50 foizlik chegirma bilan sotiladi.


Yaqin oradagi o'yinlar: 

Toshkent. "Humo Arena". 

7 oktyabr, 19:30: "Humo" - "Ermak" (Rossiya)

9 oktyabr, 19:30: "Humo" - "Sokol" (Rossiya)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing