22 iyu 12:24
Yangiliklar
Kikboksing
Toshkentda kikboksing bo'yicha turnir yakunlandi
15-20 iyun kunlari mamlakatimizda bo'lib o'tgan “Open Tashkent 2020-2021 Kickboxing Wako” xalqaro turniri o'z nixoyasiga etdi.
Kecha, 21 iyun kuni g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. 18 ta mamlakatdan jam bo'lgan, 10dan ortiq vazn toifalarida, 8 yoshdan 19 yoshgacha bo'lgan sportchilar kikboksning ful kontak va lov kik yo'nalishlarida o'zaro kuch sinashishdi. Bahslar hayajonga to'la o'tdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Eng quvonarlisi, har bitta vazndan sovrindor va g'oliblar qatoridan o'zbekistonlik kikbokschilar joy oldi.
Umumjamoa hisobiga ko'ra uchinchi o'rinni Tojikiston terma jamosi qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin esa Qozog'iston vakillariga nasib qildi. G'olib esa 98 ta oltin medal qo'lga kiritgan O'zbekiston terma jamoasi bo'ldi.
Iroda Alieva tayyorladi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar