22 okt 15:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Toshkentda professionallar o'rtasida MMA musobaqasi o'tkaziladi + FOTO
23-25 oktyabr kunlari poytaxtimizdagi MHSK sport majmuasida aralash jang sanatlari sport turi bo'yicha professionallar o'rtasida turnir tashkil etiladi.
Mudofaa vaziri kubogi uchun o'tkazilayotgan musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda barcha viloyatlardan 150 nafarga yaqin yakkakurash ustalari ishtirok etadi. Turnir g'olib va sovrindorlari 57, 61,2, 65,8, 70,3, 77,1, 83,3, 93, 120 hamda +120 kg vazn toifalarida aniqlanadi.
Eng ko'p ishtirokchi mezbonlar MHSK jamoasidan bo'lib, 28 nafar armiyachilar medallar uchun kurashishadi. Farg'onadan 16, Toshkent shahridan 14, poytaxt viloyatidan 13, Andijondan 10 nafar qatnashchi musobaqaga etib kelgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar