04 avg 16:51
Yangiliklar
Toshkentda yana bir yirik sport musobaqasi o'tkaziladi
Ushbu turnir Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari uchun licenzion ochkolarni taqdim etadi. Ilk bor o'tkazilayotgan ushbu musobaqa qita va jahonning 30dan ortiq davlatining 500 nafardan ortiq eng etakchi taekvondo ustasini poytaxtimizga jamlaydi.
4-7 avgust kunlari Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida Gran-Pri musobaqalari ham bo'lib o'tadi. Unda ishtirok etish uchun terma jamoamiz azolari – Nigora Tursunqulova (-67 kg), Maksim (-80 kg) va Nikita Rafalovich (-74 kg) ertaga Moskvaga jo'nab ketishadi.
Eslatib o'tamiz, Butunjahon taekvondo federaciyasi Prezidenti kubogining Greciyada bo'lib o'tgan Evropa bosqichida vakillarimiz ham ishtirok etishgan va Nikita Rafalovich (-74 kg) bronza medalini qo'lga kiritgan edi.
Fikrlar