So’nggi yangiliklar

16:01Емельяненко ва Махачев жаҳон самбосининг расмий элчилари бўлишди 0 15:30"Барселона" мавсумнинг дастлабки 15 та ўйинида 60 та гол урди — бу бир аср ичидаги энг яхши кўрсаткич 0 14:59Карлос Пратес UFC`даги гонорарини маълум қилди: "Жуда хурсандман!" 0 14:28Мерганларимиз Жаҳон чемпионатида тарихий бронза медалини қўлга киритди 0 13:57Дакар-2026 ёшлар Олимпиадасида бугун бир спортчимизга мухлислик қиламиз 0 13:26Ислам Махачев фаолиятини якунлаши ҳақида: "Онамга қулоқ соламан" 0 12:45"Манчестер Юнайтед"нинг 16 ёшли тарбияланувчиси "Реал"га ўтишга яқин турибди 0 12:14Тедди Ринер Ўзбекистонга келади 0 11:43Махачев UFC'даги учинчи чемпионлик ҳақида: "Бунинг учун Ўзбекистонда қолиб бир ой ош ейишим керак" 0 11:12Бугун Акбар Жўраев Жаҳон чемпионатида медаль учун курашади 0 10:51Жезуш Роналдунинг Португалия терма жамоасидаги фаолиятини якунлаш қарорига муносабат билдирди 0 10:09Тошкентда самбо бўйича 50-жаҳон чемпионати бошланди 0 22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0

20 iyu 07:12
Yangiliklar

Kamondan otish

Toshkentda zamonaviy kamondan otish sport bazasi barpo etildi

Respublika ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab internatida O'zbekiston kamondan otish federaciyasiga qarashli yangi sport bazasining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Yangi bazaning ochilish marosimida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, Butunjaxon etnosport Konfederaciyasi prezidenti Najmiddin Bilol Erdog'an va keng sport jamoatchiligi ishtirok etdi. 

Ochilish marosimida faxriy mehmonlar barpo etilgan yangi baza imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib, tinchlik, erkinlik va do'stlik ramzi bo'lgan kabutarlarni musaffo osmonimiz uzra parvozga qo'yib yuborishdi. 

Baza 2 qavatli bino hamda mashg'ulot maydonidan iborat. Maydonda merganlarimiz jahon standartlari asosida 70 metr va boshqa masofalarga mashg'ulot olib borish imkoniyatiga ega. 

Binoning birinchi qavati O'zbekiston kamondan otish federaciyasi ofisi sifatida faoliyat ko'rsatsa, ikkinchi qavati barcha sharoitlarni mujassamlashtirgan yotoqxonadan iborat. 

Turkiyadan tashrif buyurgan martabali mehmonlar kun davomida shuningdek, poytaxtimizda barpo etilayotgan Islom civilizaciyasi markaziga tashrif buyurib, uning imkoniyatlari, faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Ularga o'zbek xalqining buyuk tarixi va boy madaniy merosi xaqida hikoya qilib berildi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing