So’nggi yangiliklar

19:10Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ-2 доирасидаги баҳсни бошқаради 0 18:47Доғистон - Ирландия! Хабиб ва Конор PFL'да ўзаро тўқнаш келишадими? 0 18:24Усик Фьюри билан жанг ҳақида: "Бир ой қолди" 0 18:01Йўғе?! Жейк Пол акаси Логан билан жанг қилишга тайёрлигини айтди 0 17:39"Кимгадир ёқар лола, ким атиргул шайдоси". Дунё юлдузлари қайси жамоаларга мухлислик қилади? 0 17:17UFC 309 турнирида жанг қилган юлдузлар қанча муддатга тиббий дисквалификация олгани маълум 0 16:54Пол Тайсон билан жангда 90 миллион ишлаб олгани ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди 0 16:25Катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг илк кунги саралаш баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:04Сан-Марино терма жамоаси ЖЧ-2026га йўл олиши мумкин. Қандай қилиб?! 0 15:43IBF'нинг янгиланган рейтингида бир нафар боксчимиз қолди 0 15:22"Мераб Умар билан жангдан қочмоқда" - Петр Ян 0 15:01Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/4 финалга чиқди 0 14:40Клопп фаолиятини умуман кутилмаган жамоада давом эттириши мумкин 0 14:19Тайсон - Пол жангида рекорд ўрнатилди - Netflix 0 13:58"Нурмагомедов чемпионлик жангига лойиқ эмас" - Петр Ян 0

12 may 15:30
Yangiliklar

Kikboksing

Toshkentdagi musobaqada vafot etgan sportchi voqeasi ortidan jinoyat ishi ochildi

Teglar :  Kikboksing
Toshkentda sportchining o'limi ortidan Kikboksing sport turi bo'yicha shahar bo'limi rahbari, murabbiy va bosh hakam jazoga tortildi.

JAR sport majmuasidagi 14 aprel kungi musobaqalar jarayonida olgan tan jarohati sabab 18 yoshli sportchi o'tgan yilning 21 aprel kuni vafot etgan edi.

2018 yil 14 aprel kuni soat taxminan 12.00 da, 2000 yilda tug'ilgan, Olmazor tumani yashagan Berdiev Sanjar Sarvar o'g'li “JAR” sog'lomlashtirish markazida o'tgan musobaqa vaqtida tan jarohati olib, RSHTTYOIMning Jonlantirish bo'limiga “BMYOJ, bosh miya og'ir darajali lat eyishi, bosh miya pardalari va to'qimalariga qon kuyilishi” tashxisi bilan olib borilib yotqizilgan va tibbiy muolajalarga qaramasdan 2018 yil 21 aprel kuni shu shifoxonada vafot etgan.

O'tkazilgan tekshiruv natijalariga ko'ra, O'zbekiston havaskor va professional kikboksing Associaciyasi Toshkent shahar bo'limi mansabdor shaxslari tomonidan mazkur musobaqani tashkil etishda “Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida”gi Qonunning 3-moddasiga zid ravishda musobaqaga maxsus tayyorgarlikdan o'tmagan, tegishli malaka toifasini olmagan Yuldashev Farid Olimovichning bosh hakamlik kilishiga hamda trenerlik faoliyati bilan shug'ullanishiga tegishli ruxsatnomasi bo'lmagan ayrim murabbiylarning trener sifatida ishtirok etishiga jalb qilingani hamda Qonunning 42-moddasiga zid ravishda S. Berdievning chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tishini taminlamasdan, tibbiy sug'urta polisisiz, ota-onasining rozilisigiz hamda ishtorikisiz musoqabada katnashishiga yo'l qo'yilgani aniqlangan.

Tergov harakatlari tugagach, ish sudga oshirilgan hamda SHayxontohur tuman sudi bu ish yuzasidan hukm chiqardi.

Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar SHayxontohur tuman sudining 2019 yil 25 yanvardagi hukmiga ko'ra F.Yuldashevga O'zbekiston Respublikasi JKning 116-moddasi 3-qismi bilan JKning 45-moddasi qo'llanib, 1 yil muddatga korxona, muassasa va tashkilotlarda mansabdorlik lavozimlarida ishlash, sportning barcha turlarida trenerlik, har qandaylik hakamlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqidan mahrum qilib, 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Ushbu sud hukmi bilan J.Turabjonov va M.Bo'rievlar ham sudlangan.

Dastlabki sud organi hukmidan qoniqmagan tomonlar appelyaciya tartibida shikoyat keltirib, adolatli hukm chiqarilishi so'rashgan.

Advokat A.Saidov apellyaciya shikoyatida, jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar SHayxontohur tuman sudining 2019 yil 25 yanvardagi hukmining F.Yuldashevga oid qismini bekor qilib, F.Yuldashevning muqaddam sudlanmaganligi, yashash joyidan ijobiy tavsiflanishi, qaramog'ida voyaga etmagan farzandlari borligini inobatga olib, unga nisbatan adolatli oqlov hukmi qabul qilishni so'ragan.

Apellyaciya instanciyasi sudlov hayati, birinchi instanciya sudi tomonidan F.Yuldashevning o'z kasbiga nisbatan beparvolik bilan munosabatda bo'lishi tufayli kasb yuzasidan o'z vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi oqibatida odam o'lishiga sabab bo'lishida ifodalangan jinoiy harakatlari O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan to'g'ri kvalifikaciya qilingan deb hisoblagan.

Ammo, sud hukmning tavsif qismida bayon etilgan jinoyatlarni sodir etilishida Yuldashev Farxod Turgunjonovichning ishtirokini qayd etmasdan texnik xatolikka yo'l qo'ygan.

SHuningdek, birinchi instanciya sudi F.Yuldashevga nisbatan jazo turi va meѐrini tayinlashda odillik va insonparvarlik principlariga tayangan holda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliѐti to'g'risida”gi qarori rahbariy ko'rsatmalariga amal qilib, jazoni engillashtiruvchi barcha holatlarni inobatga olib, u aybli deb topilgan modda sankciyasi doirasida ozodlikni cheklash jazosi tayinlash, shuningdek, jinoyatni kasbi va vazifasi bilan bevosita bog'liq holatda sodir etganligini etiborga olib, JKning 45-moddasini qo'llab, muayyan huquqdan mahrum qilish qo'shimcha jazosi tayinlash haqida to'g'ri xulosaga kelgan.

Biroq, apellyaciya instanciyasi sudlov hayati, sud tomonidan F.Yuldashevga muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini tayinlashda uni sportning barcha turlarida trenerlik, har qanday hakamlik qilishni taqiqlab to'g'ri xulosaga kelgan bir vaqtda, uni qo'shimcha ravishda korxona, tashkilot va muassasalarda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan ortiqcha mahrum qilgan deb hisoblaydi va hukmdan F.Yuldashevga tayinlangan qo'shimcha jazoning ushbu qismini chiqarishni lozim topgan.

“Jahon.uz”da mavjud bo'lgan sud hukmiga ko'ra, Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar SHayxontohur tuman sudining 2019 yil 25 yanvardagi Yuldashev Farid Olimovichga nisbatan chiqarilgan hukmi o'zgarishsiz qoldirilib, quyidagicha qonunga muvofiqlashtirili aytilgan.

Hukmning tavsif qismida bayon etilgan jinoyatlarni sodir etilishida F.Yuldashevning ishtiroki qayd etilib, F.Yuldashevga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 45-moddasi qo'llanib tayinlangan muayyan huquqdan mahrum qilish qo'shimcha jazosining “korxona, tashkilot va muassasalarda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish” qismi chiqarilsin, “sportning barcha turlarida trenerlik, har qanday hakamlik qilishni taqiqlash” haqidagi qismi o'zgarishsiz qoldirilishi, Apellyaciya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilishi kerakligi borasida Ajrim chiqarilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing