So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

04 iyu 10:10
Yangiliklar

Kikboksing

Toshkentdagi xalqaro turnirda O'zbekiston kikboksing terma jamoasi birinchi bo'ldi + FOTOGALEREYA

Poytaxtimizdagi “Yunusobod" sport majmuasida o'tkazilgan kikboksing bo'yicha "Uzbekistan Open" xalqaro turniri o'z yakuniga etdi.

Musobaqada 22 mamlakatdan 10 yoshdan 40 yoshgacha bo'lgan 2000 ga yaqin mohir kikboks ustalari medallar uchun bahs olib borishdi. Xalqaro turnirning so'nggi kuni avvaliga 10 ta vazn toifasida havaskorlar o'rtasidagi final janglari bo'lib o'tdi. 

Hamyurtlarimizdan -52 kg vaznda ringga chiqqan Nazarbek Mahmudov hindistonlik Das Ishanni, Lazizbek Begmatov (-57 kg) qozog'istonlik Talgat Bukbassarovni, Islom Tursunqulov (-67 kg) qirg'izistonlik Erlan Bayzakovni, Umar Alibekov (-71 kg) turkiyalik Hakan Karagozni, hamyurtlarimiz ishtirokidagi jangda Sulaymon Solihov (+91 kg) Bekzod Ravshanovni mag'lubiyatga uchratib, "Uzbekistan Open 2" xalqaro turniri g'olibiga aylanishdi. 

Qolgan vazn toifalarida esa iordaniyalik Aday Almaxarmen (-63,5 kg), turkmanistonlik Gochmirat Jumaniyazov (-75 kg), isroillik Yuliya Sachkova (-48 kg), qozog'istonlik Batirxan Kuandikov (-67 kg), qirg'izistonlik Adilet Bekjan uulu (-75 kg) oltin medal hamda 300 evro mukofot pulini qo'lga kiritishdi. 

Yakunda umumjamoa hisobida O'zbekiston kikbokschilari 10 ta vazndan 5 tasida g'olib chiqib, birinchi o'rinni band etishdi. Qozog'iston ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, kuchli uchlikka Tojikiston terma jamoasi yakun yasab berildi. Sovrinli uchlik terma jamoalariga maxsus Kuboklar topshirildi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing