12 iyu 09:51
Yangiliklar
Futbol
“Tottenxem” Keynga dahshatli oylikni taklif qildi
“Tottenxem” har qanday yo'l bilan jamoasi sardorini olib qolmoqchi.
Londonliklar hujumchiga oyligi jiddiy tarzda oshgan yangi shartnomani taklif qildi. “Tottenxem” 29 yoshli futbolchiga haftasiga 400 ming funt berishga tayyor.
Biroq kelasi yili erkin agent bo'lishi mumkin bo'lgan futbolchiga pul ahamiyatsiz bo'lib qoldi. Keyn sovrin yutishni istaydi va “Bavariya” orqali bunga erishish imkoni yuqori ekanligini his qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq “Tottenxem” sardorini 140 million evroga sotishga tayyorligini malum qilgandi.
Havola :
Fikrlar