20 sen 16:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Tramp UFC jangchisini bugungi g'alaba bilan tabrikladi
AQSH prezidenti Donald Tramp UFCning yarimo'rta vazn toifasi jangchisi Kolbi Kovingtonni bugungi g'alaba bilan tabrikladi.
"Sen buyuk jangchisan. Osonlik bilan g'alaba qozonding, bilmadim buni qanday amalga oshirasan. Tabriklayman, men jangingni ko'rishni istardim. Sen bilan faxrlanaman. Hozirgina 35 ming odam qarshisida chiqish qildim. Keyin esa uyga borib Kovingtonni jangini tomosha qilmoqchi ekanligimni aytdim. Sen bilan faxrlanaman. Qilayotgan ishlaringni qadrlayman. Men sening muxlisingman, sen esa meni", - dedi Tramp.
Eslatib o'tamiz, Kolbi Kovington bugun Las-Vegasda o'tkazilgan UFC turnirida Tayron Vudlini beshinchi raundda mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar