29 okt 09:22
Yangiliklar
Engil atletika
“Turkistan Marathon”da atletlarimiz shohsupaga ko'tarildi
Qozog'istonda yugurish bo'yicha xalqaro marafon o'tkazildi.
Ushbu xalqaro marafonda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan atletlarimiz ham shohsupaga ko'tarildi.
Jumladan 21 km. 97,5 m. masofaga o'tgan yarim marafonda Baxtiyor O'tkirov belgilangan masofani 1 soatu 5 daqiqa 29 soniya natija bilan uchinchi bo'lib bosib o'tdi. Azizaxon Mirzakbarova 1 soat 20 daqiqa 2 soniyada finish chizig'iga etib keldi.
SHuningdek, 42 km. 195 m. masofani tashkil etuvchi marafon bahslarida hamyurtimiz Bekzod Baymatov 2 soat 22 daqiqa 19 soniya natija qayd etib, kumush medalni qo'lga kiritdi.
SHu tariqa, mazkur “Turkistan Marathon”da atletlarimiz 2 ta kumush va 1 ta bronza jamg'ardi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar