20 sen 07:51
Yangiliklar
Futbol
Turkiya. SHomurodov dubl qayd etgan bahsda "Bashakshehir" yirik g'alabani tantana qildi
Turkiya Superligasining 6-turidan o'rin olgan "Istanbul Bashakshehir" - "Genchlerbirligi" bahsi yakuniga etdi.
“Bashakshehir” jamoasi sharafini himoya qilayotgan O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor SHomurodov ushbu o'yinni asosiy tarkibda boshladi. Milliy jamoaning yana bir azosi Abbosbek Fayzullaev 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. SHomurodov “Genchlerbirligi” darvozasini ikki bora ishg'ol qilib, jamoasining yirik g'alabasiga xissa qo'shdi.
"Istanbul Bashakshehir" - "Genchlerbirligi" 4:0
Gollar: Skov Olsen 9, SHomurodov 33, 65, Selke 53 (pen.).
SHunday qilib, Eldor SHomurodov 6 ta gol bilan Turkiya Superligasi to'purarlari jadvalida Osimxen, Orban bilan 2-o'rinni bo'lishib turibdi. Birinchi o'rinda 7 ta gol bilan Muhammad Saloh ketmoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar