27 sen 07:19
Yangiliklar
Turkiya terma jamoasi tarkibi elon qilindi
Ular orasida nomdor dzyudochilarga ega Turkiya terma jamoasi ham bor. Turkiya dzyudo federaciyasi 11 nafar (6 erkak, 5 ayol) sportchini IJF rasmiy saytida ro'yxatdan o'tkazdi. Hamyurtimiz Davlat Bobonov Tokio Olimpiadasining bronza medali uchun kechgan bellashuvda Mixael Zgankni mag'lubiyatga uchratgan edi. Bu dzyudochi -90 kg vaznda "Humo Arena" tatamilarida jahon chempionati medallari uchun kurashadi.
SHuningdek, Turkiya terma jamoasi tarkibidan Salih Yildiz, Bilal Siloglu, Vedat Albayrak singari taniqli va sovrindor dzyudochilar bor. Xususan, Zgank va Albayrak yaqinda aynan Turkiyaning Konya shahrida o'tkazilgan V Islom birdamligi o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritgan edi.
Turkiya terma jamoasi tarkibi
Erkaklar: Salih Yildiz (-60 kg), Muhammad Demirel (-66 kg), Bilal Siloglu (-73 kg), Vedat Albayrak (-81 kg), Mixael Zgank (-90 kg), Mert Sismanlar (-100 kg).
Ayollar: Tugche Beder, Merve Azak (ikkisi ham -48 kg), Ozlem Yildiz (-57 kg), Fidan Ogel (-70 kg), Kayra Sayit (+78 kg).
Fikrlar