04 okt 13:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Turkmanistonlik Dovletjon Yagshimuradov PFL chempionlik kamari uchun jang qildi
Dubay shahrida o'tgan PFL Road to Dubai turniri doirasida yarim og'ir vazn toifasi vakillari - sobiq Bellator chempioni Kori Anderson hamda turkmanistonlik Dovletjon Yagshimuradov PFL chempionlik kamari uchun oktagonga chiqdi.
Turnirning ikkinchi muhim voqeasi bo'lgan ushbu jang to'liq besh raund davom etdi va unda tajribali Anderson hakamlarning yakdil qarori (48-47, 48-47, 49-45) bilan g'alaba qozondi va og'ir vaznda PFL chempioniga aylandi.
Turkmaniston vakili jang boshida ustunlikka ega bo'ldi, ammo Andersonning o'ziga xos pressingi va kurashi o'z so'zini aytdi. To'rtinchi va beshinchi raundlardagi katta ustunlik unga yakuniy g'alabani taqdim etdi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar