29 iyu 15:58
Yangiliklar
Tursunoy Rahimova: "Turkiyalik bokschini mag'lub etganimda, finalgacha borishimga ishonardim"
Jangda ustunlik qilgan vakilamiz yakunda afsuski hakamlarning tushunarsiz qarori sabab mag'lubiyatga uchradi. Jangdan so'ng Tursunoy bilan bog'lanib vaziyat haqidagi fikrlarini so'radik.
"Olimpiadada chempion bo'lishni, yurtimizga oltin medal bilan qaytishni juda-juda xohlagandim shu. Nasib qilmagan ekan, lekin shunisiga ham shukr. Lekin bu jangda g'alaba qozondim deb o'ylagandim. Birinchi va uchinchi raundda yutganimni o'zim sezib turgandim. Ikkinchi raunda engilgan bo'lsam ham, hech bo'lmaganda bir hamda uchinchi raunda ochkolarni menga berishlari kerak edi. Bilmadim. Mana shu birinchi raqamli turkiyalik raqibamning to'sig'idan o'tib olganimda, keyingi janglarda o'zim avval engib yurgan bokschilarga qarshi ringga chiqib, finalgacha borishimga ishonardim. Buning uchun hammadan uzr so'rayman", - dedi Tursunoy Rahimova afsus bilan.
Fikrlar