10 may 10:21
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/38409_220.jpg)
Tursunpo'latovning shogirdi 4 avgust kuni kamarini himoya qiladi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Sergey Kovalyov o'z chempionlik kamarini rasmiy davogar Eleyder Alvaresdan himoya qiladi.
Ushbu jangning 4 avgust kuni o'tkazilishi rasman tasdiqlandi. CHempionlik jangi yaqindagina Atlantik-Siti shahrida ochilgan Hard Rock Hotel & Casino arenasida bo'lib o'tadi.
Bu haqda rasman shanba kuni Main Events promouterlik kompaniyasi tomonidan Nyu-York shahrida tashkil etiladigan maxsus tadbirda elon qilinadi. Sergey Kovalyov hamyurtimiz Abror Tursunpo'latov murabbiylik qilayotganini malumot o'rnida aytib o'tish o'rinli bo'lsa kerak.
Havola :
Fikrlar