30 iyu 11:07
Yangiliklar
Sport kurashlari

U-17 JCH. Yunon-rum kurashchilarimiz musobaqani ikkita oltin medal bilan boshlashdi
Afinada (Greciya) sport kurashlari bo'yicha U-17 yosh toifasidagi dunyo birinchiligi bahslari boshlandi.
Musobaqaning dastlabki kuni doirasida yunon-rum kurashi bo'yicha bellashuvlar tashkil etildi.
Ahamiyatlisi, unda O'zbekiston terma jamoasining ikki nafar azosi shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.
48 kg vaznli Bunyod Hasanov hal qiluvchi jangda qozog'istonlik Nurdaulet Kumarulini 10:1 hisobida taslim etgan bo'lsa, Abdulaziz Holmirzaev Gruziya vakili Luka Martiashvilidan ustun keldi — 14:7.
Musobaqa davom etmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar