18 jan 12:50
Yangiliklar
Boks/MMA
U 22 Osiyo chempionati. Musobaqani mag'lubiyat bilan boshladik
Tailand poytaxti Bangkok shahrida 22 yoshgacha bo'lgan bokschilar o'rtasida Osiyo chempionati boshlandi.
Sportchilarimizning ishtirokini -57 kg vaznli Mirzabek Mirzaxalilov boshlab berdi.
U musobaqadagi ilk jangini qozog'istonlik Mahmud Sabirxanga qarshi o'tkazdi va afsuski 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Malumot uchun Sabirxan 2021 yilgi jahon chempionatining kumush medali sohibi hisoblanadi. Mirzabek esa yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bronza medali sohibidir.
U jahon chempioni Mirazizbek Mirzahalilovning ukasi ekanligidan ashaddiy boks muxlislarining xabari bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar