30 jan 10:32
Yangiliklar
Boks/MMA

U 22 Osiyo chempionatida terma jamoamiz bokschilari qancha ishlab olishdi?
Toshkent shahri mezbonlik qilgan boks bo'yicha ilk U 22 Osiyo chempionati ham o'z yakuniga etdi.
Ilk bor o'tkazilgan qita birinchiligida bokschilarimiz 16 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchilikni qo'lga kirtidilar. IBA tomonidan g'olib va sovrindorlariga tegishli miqdorda pul mukoftlari taqdim etildi.
Xo'sh, bizning bokschilar chempionatdan qancha ishlab olishdi?
CHempionlar – 128 000 AQSH dollar
Vice-chempion – 4000 AQSH dollar
Bronza medal egalari – 6000 AQSH dollar
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda musobaqadan 138 000 dollar ishlab oldi.
Eslatib o'tamiz, IBA oltin medal uchun 8000 dollar, kumush uchun 4000 dollar, bronza medal sohiblariga esa 2000 AQSH dollari miqdorida pul mukofotlari belgilagan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar