15 sen 16:05
Yangiliklar
Sport kurashlari
U-23 jahon chempionati bekor qilindi
Birlashgan Kurash dunyosi (UWW) Ijroiya qo'mitasining navbatdagi onlayn-rejimdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda sport kurashlari bo'yicha yoshlar (U-23) o'rtasidagi jahon chempionatini bekor qilish masalasi ko'rib chiqildi va yakunda shunday qaror qabul qilindi. Jahon chempionatining shu yil noyabr oyida Finlyandiyada o'tkazilishi rejalashtirilgan edi.
Hozircha xalqaro musobaqalar taqvimida o'smirlar va kattalar o'rtasidagi jahon chempionatlari qolmoqda. Kelayotgan juma kuni o'tkaziladigan onlayn yig'ilishda ushbu musobaqalarning taqdiriga ham oydinlik kiritiladi. Har ikkala musobaqaning ham dekabr oyida o'tkazilishi belgilangandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar