03 okt 07:19
Yangiliklar
Boks/MMA

"U barcha dog'istonlik kurashchilar kabi emas". Kamaru Usman Ankalaev uslubi haqida gapirdi
Sobiq UFC chempioni Kamaru Usman Magomed Ankalaev haqida fikr bildirdi.
"Nega hamma Ankalaevni barcha dog'istonliklar kabi qabul qiladi, tushunmayman. U bunday emas, uning o'ziga xos uslubi bor — raqibni "stoyka"da sindirish, qismlarga ajratish.
Magomed — raqibni erga yiqitib, parterda urib tashlaydigan kurashchi emas. Birinchi jangda Aleksni erga tushirish unga qiyin bo'ldi. Ankalaev juda kuchli va tajribali zarbachidir. U yillar davomida bu yo'nalishda ishlagan. SHuningdek, u doimiy ravishda teykdaun amalga oshirishga urinsa, o'zi ham charchashini yaxshi biladi", — dedi Usman Red Corner MMA’ga.
Havola :
Manba : Red Corner MMA
Fikrlar