19 may 19:26
Yangiliklar
![](/upload/storage/219182_220.jpg)
"U bilan Kamaru Usmanning hozirgi holati haqida gaplashdik"
Bu haqda taniqli sport sharhlovchisi Brett Okamoto Ali Abdel-Azizdan olgan malumotiga ko'ra xabar bermoqda.
"Ali Abdel-Aziz bilan Kamaru Usmanning hozirgi holati haqida gaplashdik. Uning aytishicha, hozircha Usman tibbiy ruxsat olmagan va uning qaytishi uchun vaqt belgilanmagan. U asta-sekin tiklanishni boshladi", — deya yozadi mashhur sport sharhlovchisi Brett Okamoto ijtimoiy tarmoqda.
Xabaringiz bor, Kamaru Usmon o'tgan yilning noyabr oyida beshinchi marta chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan. U hakamlar qarori bilan Kolbi Kovington ustidan g'alaba qozongandi. SHundan so'ng jangchi qo'lida jarrohlik amaliyoti o'tkazilgandi.
Bundan avval ijtimoiy tarmoqlarda 20 avgust UFC 278 turnirida Kamaru Usman va Leon Edvards o'rtasidagi chempionlik jangi o'tkazilishi haqida malumot paydo bo'lgan edi.
Fikrlar