11 iyu 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA
"U bilan tekinga jang qilaman". Fyuri Joshua bilan jang uchun keskin shartlar aytdi
WBC yo'nalishida superog'ir vazn toifasi chempioni Tayson Fyuri faoliyatini tiklashga tayyor.
"Barcha gap pulda. Janob biznesmen - jangchi emas. Men Xudo oldida qasam ichaman - agar u Usikni mag'lub eta olsa, men unga qarshi tekinga jang qilaman.
SHartlarim shunday: men "Uembli" stadionida jang qilishni istayman. Kirish bepul bo'lsin va jangni britan televideniyasida tekinga ko'rsatishsin.
U bilan Angliyada jang qilaman, katta gonorar evaziga boshqa mamlakatda emas. SHu erda va odamlar uchun tekinga. Men Angliyada tekinga urishaman, ammo boshqa mamlakatda emas", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : Boxing News 24
Fikrlar