So’nggi yangiliklar

19:44Ҳусанов "Манчестер Сити"да мавсум футболчиси бўлишга даъвогарлик қилмоқда 0 19:23"Америкалик ватанпарвар сифатида айтаманки - Чимаев ғалаба қозонганди" - Сехудо 0 19:02"Ҳар бир ҳақорат учун жавоб берасан!". Имавов Стриклендга мурожаат қилди 0 18:41Инсайдер Макгрегорнинг кейинги жанги деярли аниқ эканлигини айтди 0 18:20Энцо Мареска "Ман Сити"да Хосеп Гвардиола ўрнини эгаллаши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 17:59Арман Царукян Хамзат Чимаевни мағлуб этгани учун 50 000 доллар тўлайди 0 17:38Белал Муҳаммад: "Чимаев улар туфайли мағлуб бўлди" 0 17:17"Уни фоҳиша дейишимни истайсизми?" Ронда Роузи Карано билан жанг ҳақида фикр билдирди 0 16:56Моуринью "Реал"га иккита талаб қўйди: Мбаппенинг тақдири маълум 0 16:35Чимаев мағлубиятидан кейин UFC`нинг энг яхши жангчилари рейтингида яхшигина пастлади 0 16:25UFC Нурсултон Рўзибоевнинг жангини расман эълон қилди (+ПОСТЕР) 0 16:14Навоийда белбоғли кураш бўйича мамлакат чемпионати ўтказилади 0 15:53Волковда UFC чемпионлиги учун жанг ҳақида кутилмаган тан олиш 0 15:32Флик чемпионлик унвонидан сўнг "Барселона" билан янги шартнома имзолади 0 15:11Эргашев Ғиёсовнинг чемпионлик жанги ҳақида: "У мана шу жангини ютса..." (+ФОТО) 0

17 iyu 17:20
Yangiliklar

Boks/MMA

"U butun umri davomida shu ish bilan shug'ullanib kelgan". Jeyk Pol Eddi Xirnni yolg'onchilikda aybladi

Teglar :  Eddi XirnJeyk Pol
Videoblogger Jeyk Pol Matchoom Sport rahbari Eddi Xirnni 1 million dollarlik garovdan voz kechgani uchun yolg'onchilikda aybladi.

Amanda Serranoning agenti Jeyk Pol, mijozi may oyida Keti Teylorni mag'lub etishiga ishongani sababli Teylorning agenti Eddi Xirn bilan garov bog'lamoqchi bo'lgan.

Jang oldi Serrano - Teylor o'rtasida qizg'in muzokaralar bo'lib o'tdi. Xirn Saul Alvares bilan taxminiy jang haqida gap ketganida Jeyk Polni "o'rtacha bokschi" deb atagan edi.

Yakunda Teylor Serranoni mag'lub etib, engil vaznda mutlaq chempionlik unvonini saqlab qoldi.

MMA Fightingʻga bergan intervyusida Jeyk Xirn ilk uchrashuvdan so'ng ancha o'zgarganini va unga ishonch yo'qligini takidladi.

"Boksdagi barcha insonlar, jumladan Eddi Xirn xam ilonning o'zi. U oddiy promouter xolos. Biznes bilan shug'ullanuvchi yolg'onchi. Eddi Xirnning asl yuzini ko'rish uchun biroz vaqt kerak bo'ldi. U ikkiyuzlamachi. Xirn menga hasad qiladi.

Masalan, Serrano - Teylor jangiga pul tikkanimizni misol qilaylik. To'satdan sahnadan ketayotganimda, Eddi haqiqatan ham pul tikishni xohlamayotganini eshitdim. Men yangi yosh promouterman va undan yaxshiroqman. Xirn butun umri davomida shu ish bilan shug'ullanib kelayotgan bo'lishiga qaramay mening platformam unikidan 20 baravar katta", — dedi Jeyk Pol.

Jeyk Pol Xirn garovni rad etganidan hayratda edi. Keyinchalik qoidalarga ko'ra bu mumkin emasligi malum bo'ldi. Sababi promouterlar o'z janglariga pul tikishi mumkin emas. Xirn o'sha boshidan buni takidlagan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing