24 avg 13:56
Yangiliklar
Boks/MMA
"U eng zo'rlardan biri edi". Xabib UFC'da o'zini yangi darajaga olib chiqqan jang haqida gapirdi
UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov tashkilotni yangi darajaga olib chiqqan raqibi haqida gapirdi.
"MMAda darajalar bor. Men o'shanda 23 yoshda edim va UFC'da bor-yo'g'i bitta jang o'tkazgandim va umrimda ikkinchi marotaba oktagonni ko'rib turgandim. Rossiyada jang qilganimda, u erda ring bo'lardi.
Men 29 yoshli yigit, reytingdagi 14-raqamli jangchi bilan to'qnashgandim. U UFC'da 17 ta jang o'tkazib, o'sha paytda eng zo'rlaridan biri edi - Gleyson Tibau. Men uchun juda qiyin jang bo'lgandi. O'shanda hakamlar qaroriga ko'ra g'alabaga erishganman va bu meni yangi darajaga olib chiqqan. CHunki men uni jangga chorlaganman va g'alaba qozonib, yangi darajaga chiqqanman", - dedi Nurmagomedov.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar