29 may 15:53
Yangiliklar

"U - haqiqiy mashina". Sexudo Dvalishvili haqida fikr bildirdi
UFC sobiq chempioni Genri Sexudo gruziyalik Merab Dvalishvili haqida fikr bildirdi.
"Men Merab juda, juda yaxshi ekanini tushunardim, ayniqsa dinamik janglarda. Bu faqat kurash haqida emas, balki jangda qanday o'zgarishlar qilishing haqida. Mana shu jihat ham uni O'Mellidan farqlab turadi. Zarbalarni birlashtirish, keyin esa "qavatni" almashtirish.
Merab zarbalar, aldash harakatlari va teykdaunlarni juda yaxshi uyg'unlashtira oladi. U haqiqiy mashina. Uning kardiosi, jismoniy holati bunga sabab. SHu bois u raqiblarini nokaut qila olmasligi mumkin, lekin u sizni cho'ktiradi, jin ursin", — dedi Sexudo.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar