19 avg 12:47
Yangiliklar

"U men bilan jang qilishga majbur bo'ladi". Britaniyalik sobiq jahon chempioni Beterbiev bilan jang qilmoqchi
O'tgan yili yarim og'ir vazn toifasiga o'tgan britaniyalik bokschi Smit WBC yo'nalishi bo'yicha chempionlik kamariga majburiy davogarlik uchun franciyalik Matyo Boderlikka (21-1, 12 KO) qarshi jang qiladi. G'olib amaldagi chempion - rossiyalik Artur Beterbiev bilan jang qilish huquqini qo'lga kiritadi.
"Avvaliga yangi vaznga qanday qarashim haqida savollar bor edi. O'ylaymanki, ularga to'liq javob berdim va zarbamni qanday kuchga ega ekanini ko'rsatdim. Men bu erga o'z nomimni qoldirib jahon chempioni bo'lish uchun keldim. CHempionning jangga rozi bo'lishga ishonch hosil qilmoqchiman. Men g'alaba qozonganimda, Beterbiev men bilan jang qilishga majbur bo'ladi", — dedi Smit Matchroom Boxingʻga bergan intervyusida.
Fikrlar