09 iyu 12:09
Yangiliklar
Boks/MMA
"U menga nima taklif bera oladi?" Makgregor - SHavkat Rahmonov bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi
UFC jangchisi Konor Makgregor qozog'istonlik SHavkat Rahmonovga qarshi ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi.
— Konor, sen eng kuchli jangchilar bilan to'qnashishga tayyorligingni aytding. SHavkat Rahmonov vatandoshing Ian Garrini mag'lub etdi. Agar hammasi rejang bo'yicha ketsa, kelajakda u bilan jang qilishing mumkinmi va u haqda qanday fikrdasan?
— U haqida bilaman. Jiddiy jarohat olgan va hozir tiklanish jarayonini boshdan kechiryapti. SHuning uchun bu masalada uni tinch qo'yaman. Ayni paytda u haqda o'ylamayapman. Uning oldida hali juda ko'p ish bor. Qolaversa, u menga nima taklif qila oladi? Titulmi? Men uni raqib sifatida ko'rib chiqishim uchun avvalo chempionlik kamarini qo'lga kiritishi kerak. Hozircha u bunga yaqin ham emas", — dedi Makgregor matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar