06 okt 11:42
Yangiliklar
Boks/MMA

“Uaylder - ahmoq”
Britaniyalik bokschi Dillian Uayt sobiq jahon chempioni Deontey Uaylderni haqorat qildi.
“Bu Deonteyning eng katta xatosi bo'ldi. Breland uning murabbiylar shtabidagi eng kuchli mutaxassis edi. Aynan unga pul va mashhurlik kerak emas edi. Uaylder — ahmoq. U Brelandni qadriga etmadi”,-dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, Deontey Fyuriga qarshi jangda oq bayroq tashlagan Brelandni o'n ikki yillik hamkorlikdan so'ng xayrlashgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar