29 sen 09:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder nima sabab boksdan ketmaganini malum qildi
Superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder sportda qolishga uni nima undaganini aytdi.
"Meni qolishga majbur qilgan narsa - dunyo menga haqiqatan ham muhtojligini anglashi bo'ldi.
Odamlarga haqiqatan ham ilhom beraman. Buni allaqachon bilganman. Lekin, endi bu fikrim yanada kuchaydi... O'z haykalimni ko'rganimda, bu mening barcha yutuqlarimni toshga o'rnatishganini ko'rdim. Siz tirik afsonani ko'ryapsiz. Nima bo'lishidan qati nazar tarafdorlarim yoki meni yomon ko'radiganlar hammasi gap-so'zi tugasa ham bu haykal tik turgan bo'ladi. His qilyapsizmi? Bu haykal qiyomat bo'lmagunicha abadiy qoladi”, — deya Uaylderning so'zlarini keltiradi BoxingScene.
Eslatib o'tamiz, Deontey Uaylder Entoni Joshuaga qarshi jang qilishni istashni aytgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar