So’nggi yangiliklar

11:43Тахмина Икромова Жаҳон чемпионатида тўртинчи бўлди 0 11:22Муроджон Аҳмадалиев Японияга етиб борди (ФОТО) 0 11:01"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди 0 10:40Мадримов учун имкон: Кроуфорд чемпионлик камарини вакант қолдиради 0 10:19Фомин Хитойдаги Челленжер турнирида ўз омадини синаб кўради 0 09:58Махачев Топурия — Царукян жанги ташкил этилиши кераклигини айтди 0 09:37Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади 0 09:16Пара каноэчиларимиз Жаҳон чемпионатини иккита медал билан якунлашди 0 08:55"Ҳаммаси шундан" — Махачев АҚШ MMAси инқирози нима билан боғлиқлигини тушунтирди 0 08:34Нодирбек Якуббоев 61th Rubinstein Memorial чемпиони! 0 08:13"Реал" меҳмонда "Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди 0 07:52Шавкат Раҳмоновнинг режалари очиқланди 0 07:31Гандболчиларимиз учинчи ўйинда илк жиддий синовдан ўтишди 0 19:37Чирчиқда Ўзбек жанг санъати бўйича мамлакат Кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:16Бруно Фернандеш "Ал-Иттиҳод" билан яширин учрашув ўтказди. Футболчи яхшигина пул талаб қилган 0

09 okt 07:23
Yangiliklar

Boks/MMA

Uaylder Usikka qarshi jang haqida: "Umid qilamanki, u o'z so'zida turadi"

Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder WVA, WVO, IBF va IBO kamarlari sohibi Aleksandr Usikka qarshi jang haqida gapirdi.

Amerikalik bokschining so'zlariga ko'ra, 15 oktyabr kuni navbatdagi jangida u Robert Xeleniusni mag'lub etganidan so'ng, ukrainalik bokschiga qarshi ringga ko'tariladi.

"To'g'ridan-to'g'ri chempionlik jangi o'tkazish niyatidaman. Xeleniusga qarshi jang oqshomiga Aleksandr Usik kelishini va Robert g'alaba qozonsa, u majburiy davogarga aylanishini eshitdim. Usik jang g'olibiga qarshi kurashishini aytdi. Men uni qadrlayman va umid qilamanki, Usik o'z so'zida turadi. Xeleniusni mag'lub etganimdan so'ng, Usik va men uning barcha kamarlari uchun kurashamiz.

Faoliyatim davomida boshqa bokschilar bilan chempion sifatida kurashganman, shuning uchun boshqa tomonda bo'lish yoqimli. Bu erga kelish uchun ko'p narsani boshdan kechirdim. SHuning uchun Usikka qarshi jang ajoyib bo'lishi aniq. Lekin Xeleniusga past baho berish kerak emas. Usikdan keyin ham ajoyib to'qnashuvlar, jumladan, Endi Ruis bilan ham jang bo'ladi", - deya Uaylderning so'zlarini keltiradi Mirror.

Avvalroq, menejer Egis Klimas Usik — Fyuri jangi tashkil etilmasa, ukrainalikning Deontey Uaylder bilan jang o'tkazish niyati borligini aytgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing