03 may 16:14
Yangiliklar
Dzyudo

Uch dzyudochimiz ikkita medal uchun tatamiga chiqadi (+saralash bahslarida galereya )
Tojikistonning Dushanbe shahrida o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turnirining ikkinchi kungi saralash bellashuvlari yakuniga etdi.
Terma jamoamiz azolaridan uch nafari kechki final dasturida medallar uchun kurashni davom ettirish huquqini qo'lga kiritdi. Ulardan ikki nafari - Suhrob Tursunov va Murodjon Yo'ldoshev -81 kg vazn toifasining birinchi bronza medali uchun o'zaro bahs olib borishadi. O'ziga xos o'zbek derbisi yakunida bronza medali aniq O'zbekistonga ketadi.
Yurtimiz sharafini -73 kg vazn toifasida himoya qilayotgan Hojiakbar Toshev ham Murodjon Yo'ldoshev singari 1/2 finalda yutqazib qo'ydi. Endi u bronza medali uchun franciyalik Benjamin Aksusga qarshi tatamiga chiqadi. Final dasturi soat 17:00da boshlanadi. Undan oldin esa musobaqaning tantanali ochilish marosimi o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar