So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

03 fev 09:15
Yangiliklar

Dzyudo

Uch dzyudochimiz qatnashgan Parij "Katta Dubulg'a" turnirini nechanchi o'rinda yakunladik?

Ikki kun davomida Franciya poytaxti Xalqaro dzyudo federaciyasining 2025 yilgi mavsum taqvim rejasidan o'rin olgan ilk musobaqa - Parij"Katta Dubulg'a" turniriga mezbonlik qildi.

Musobaqaning so'nggi kuni o'rta va og'ir vazn toifalarida g'olib hamda sovrindorlar aniqlandi. Kechagi kun dasturidan birgina dzyudochimizning chiqishi o'rin olgandi. +100 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan O'tkirbek To'raboev ilk davrada franciyalik raqibi Amadu Meytegani ippon bahosi evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Ammo chorak finalda tajribali Toma Nikiforovga imkoniyatni boy berib qo'ydi. O'n daqiqa davom etgan o'tish bahsida esa omad yaponiyalik dzyudochiga kulib boqdi. 

SHu tariqa, uch nafar dzyudochi bilan qatnashgan Iskandar Rasulov murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan 50 davlat orasida 7-o'rinni egalladi. SHahram Ahadov turnir oltin medali hamda jahon reytingi uchun qimmatli 1000 ochkoga ega bo'ldi. Bronza medali sohibi Bahrom Boturov esa 500 reyting ochkosini o'z hisobiga yozib qo'ydi. 

Musobaqa yakunlariga ko'ra, medallar jamg'arish bo'yicha Franciya terma jamoasi 3 ta oltin, 3 ta kumush, 9 ta bronza medali bilan 1-o'rinni egalladi. Birinchi kungi bahslardan keyin peshqadamlikni qo'lga olgan Yaponiya terma jamoasi 3 ta oltin, 3 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan 2-o'rinni band etdi. 

Koreya Respublikasi 1 ta oltin, 2 ta kumush medal bilan kuchli uchlikka yakun yasab berdi. BAA, Ozarbayjon, Ispaniya, O'zbekiston, Portugaliya va Kanada terma jamoalari safida ham bir nafardan musobaqa chempion bo'ldi. Jami 17 davlat Parij "Katta Dubulg'a" turnirining kamida 1 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing