17 iyu 07:55
Yangiliklar

Uch nafar tennischimiz President's Cup saralashida ishtirok etdi
Sovrin jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning saralash bahslarida 3 nafar tennischimiz ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazdi. Lekin ularning uchchalasi ham mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Saralashning ettinchi raketkasi bo'lgan Arina Folc ikkinchi bosqichda rossiyalik Valeriya Urjumovaga 1:6, 2:6 hisobida yutqazdi. Aynan Urjumova birinchi davrada yana bir hamyurtimiz Nasiba Espolovani 6:0, 6:0 hisobida mag'lub etgandi.
Uchinchi tennischimiz Uljan Espolova esa rossiyalik Varvara Kuznecovaga 2:6, 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bugundan boshlanadigan asosiy to'r musobaqasida o'zbekistonlik tennischilardan hech kim ishtirok etmaydi. Faqat Arina Folc juftlik bahslarida germaniyalik dugonasi bilan bosh mukofot uchun kurashga kirishadi.
Fikrlar