05 mar 12:33
Yangiliklar
Uch yillik tanaffusdan so'ng chempionlikni qo'lga kiritgan Jon Jons g'alabadan so'ng nimalar dedi?
"Men qaytdim. Yaratganga shukur. Men sizlarning barchangizni his qilib yashadim, muxlislarim bilan doim birga edim. Men ushbu g'alaba uchun qattiq ishladim. Ko'pchilik meni qaytishimga shubha qildi. Biroq men qaytdim. Bazida barchasidan charchab, ketmoqchi ham bo'ldim, biroq biz buni uddaladik. Meni og'ir vaqtda qo'llab turgan oilamga katta rahmat aytaman. Murabbiylarim va sheriklarimsiz ushbu g'alaba bo'lmasdi. Barchaga rahmat. Bugun meni qizim 13 yoshni qarshi oldi. Uni tabriklayman. Sizlarni yaxshi ko'raman.
Men Sirilni kurashda mag'lub etishimga ishonardim. 12 yoshimdan beri kurash bilan shug'ullanib keldim. Oktagonda nima bo'lishini hech kim bilmaydi, biroq men bunga tayyor edim.
Keyingi jangimni Stipe Miochichga qarshi o'tkazaman. Bizga ushbu jang kerak. Menga Stipe kerak. U afsona! U og'ir vaznning eng zo'ri",-deb fikr bildirdi Jon Jons.
Fikrlar