09 iyu 09:28
Yangiliklar
Uchinchi kun qahramonlarini afsonaviy Albano taqdirladi, To'raev 720 ochko ishlab oldi
Musobaqaning uchinchi kuni erkaklar -73, ayollar esa -57 kg vazn toifasida medallar uchun tatamiga chiqishdi. Yakunda ayollar o'rtasida kanadalik Jessika Klimkayt, erkaklar o'rtasida gruziyalik Lasha SHavdatuashvili jahon chempioni degan yuksak nomga sazovor bo'ldi. G'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida italiyalik afsonaviy qo'shiqchi Antoni Karrisi Albano ishtirok etdi.
Eslatib o'tamiz, kechagi bahslarda uzoq davom etgan jarohatidan so'ng safga qaytgan Hikmatulloh To'raev 5-o'rinni egallagan holda Tokio Olimpiadasi yo'lidagi so'nggi qimmatli 750 ochkoni o'z hisobiga qo'shib qo'ygandi.
Uchinchi kun g'olib va sovrindorlari
Ayollar. -57 kg vazn toifasi
1. Jessika Klimkayt (Kanada)
2. Momo Tamaoki (Yaponiya)
3. Nora Gjakova (Kosovo)
3. Tereza Stoll (Germaniya)
Erkaklar. -73 kg vazn toifasi
1. Lasha SHavdatuashvili (Gruziya)
2. Tommi Masias (SHveciya)
3. Bilal CHiloglu (Turkiya)
3. Soichi Xashimoto (Yaponiya)
5. Xidayat Xeydarov (Ozarbayjon)
5. Hikmatulloh To'raev (O'zbekiston)
Fikrlar