11 iyu 08:50
Yangiliklar
Uchta vaznda sobiq jahon chempioni bo'lgan bokschi Murodjon Ahmadalievga jang taklif qildi
Malum qilinishicha, Kasimero 6 iyun kuni Yaponiyaning Ayti shahrida bo'lib o'tgan prof boks oqshomi doirasida meksikalik Luis Nerini to'rtinchi raundda nokautga uchratganidan so'ng o'zining keyingi raqiblari haqida gapirgan. Dastlab u mutlaq jahon chempioni Naoya Inoueni jangga chaqirgan bo'lsa, keyinchalik Murodjon Ahmadaliev bilan ringga chiqishni xohlashini aytgan.
Boksga ixtisoslashgan qator manbalar va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan malumotlarga ko'ra, filippinlik bokschi Inouega qarshi jang hozircha amalga oshmasligi mumkinligini takidlab, diqqatini Ahmadalievga qarshi ehtimoliy to'qnashuvga qaratgan.
Hozircha mazkur jang bo'yicha rasmiy muzokaralar boshlangani yoki tomonlar o'rtasida kelishuv mavjudligi haqida malumot yo'q.
Eslatib o'tamiz, Murodjon Ahmadaliev (15-2-0) ikkinchi eng engil vazn toifasida WBA va IBF yo'nalishlari bo'yicha sobiq jahon chempioni sanaladi. 37 yoshli Jon Riel Kasimero (36-5-1) esa faoliyati davomida uchta vazn toifasidagi turli kamarlarga ega chiqqan.
Fikrlar