11 okt 10:02
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/46597_220.jpg)
UFC 232. Oqshomning markaziy jangi chempionlik uchun bo'ladi
AQSHning Las-Vegas shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC 232 oqshomi bo'lib o'tadi.
Yangi yil oldidan, aniqrog'i 29 dekabr kuniga belgilangan megafaytning markaziy jangi chempionlik kamari uchun kechadi. Unda yarim og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jon Jons shveciyalik Aleksandr Gustafssonga qarshi oktagonga ko'tariladi.
G'olib bokschi ushbu vaznda vakant bo'lib turgan chempionlik kamarini qo'lga kiritadi. Jons so'nggi bor 2017 yilning iyul oyida oktagonga chiqqan va o'shanda Daniel Kormeni nokautga uchratgan edi.
Lekin Jonsdan taqiqlangan modda topilgani bois, keyinchalik jang natijasi bekor qilingandi. Gustafsson esa so'nggi jangini 2017 yilning may oyida Glover Teysheyraga qarshi o'tkazib, raqibini nokaut evaziga mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar