24 okt 21:03
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 254. Jojua muddatidan oldin yutqazdi, hakam tanaffus vaqtida jangni to'xtatdi + FOTO
Abu-Dabida UFC 254 turniri davom etmoqda.
Turnir doirasida bugun rossiyalik Liana Jojua Miranda Maverikka qarshi oktagonga ko'tarildi.
Dastlabki raund yakunida Miranda Lianaga kuchli tirsak zarbasini berdi, natijada Jojuaning burnidan qon oqa boshladi. Ushbu jarohatni jiddiy deb hisoblagan hakam tanaffus vaqtida jangni to'xtatishga qaror qildi.
SHu tariqa Jojua muddatidan oldin mag'lubiyatga uchradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar