25 okt 01:29
Yangiliklar

UFC 254. Xabib Getjini mag'lub etdi va chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi
Ushbu sahifa orqali UFC 254 turnirining matnli translyaciyasi olib borildi.
XABIBBBBBBBBBBB. Ikkinchi raundda nokautga uchratdi. U raqibini og'rituvchi usulda mag'lub etdi va faoliyatidagi 29-g'alabani tantana qildi.
Ikkinchi raund boshlandi...
01:48. Xabib biz bilgan Xabibni ko'rsatmayapti. U deyareli parterga unchalik harakat qilmayabti. Raundning so'ngida esa Xabib baribir Getjini ag'anatdi.
01:43. Butun MMA dunyosi kutgan bahs boshlandi...
01:35. Xabib doimgidek «Dagistan» qo'shig'i sadolari ostida oktagonga chiqib kelmoqda.
01:35. Har ikki jangchi ham oktagonga ko'tarilmoqda...
01:28. So'nggi jang Xabib-Getji jangi sanoqli daqiqalardan so'ng boshlanadi...
01:22. Hakamlar bir ovozdan Robert Uittakerning g'alabasini elon qilishdi. Endi navbat kechaning markaziy jangi Xabib va Getji to'qnashuviga.
01:19. Uchinchi bo'limda jangchilar ochiq jangga kirishib ketishdi. Har ikkisi ham raqibini qiyin ahvolga solib qo'yishga erishdi. Biroq bu jang ham hakamlarning qaroriga bog'lib bo'lib qoldi.
01:13. Jared Konnone ikkinchi besh daqiqalikda raqibiga nisbatan yaxshiroq harakat qildi. Robertning oyog'ida jiddiy muammolar paydo bo'lmoqda.
01:08. Birinchi raund yakunlandi. Hozircha ustunlik hech bir jangchida emas.
01:01. Birinchi raund boshlandi.
00:58. Unga qadar esa sobiq chempion Robert Uittaker Jared Konnonega qarshi oktagonga ko'tariladi. Jang g'olibi esa o'rta vazn chempioni Israel Adesanyaga qarshi oktagonga ko'tariladi.
00:56. Atigi bitta jangdan so'ng uzoq kutilgan Xabib Nurmagomedov va Jastin Getji o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi.
00:43. Volkov raqibining tanasiga kuchli oyoq zarbani yo'lladi va ketidan birin-ketin kuchli zarbalar yo'llab, texnik nokautga erishdi.
00:41. Birinchi raund katta ehtimol bilan Volkovning foydasiga .
00:31. Kechaning uchinchi darajali jangi Aleksandr Volkov va Uolt Xarris o'rtasidagi jang boshlanmoqda.
00:16. Yana uchta jang qoldi...
00:13. UXXXXXXX. Fil Xouz Jeykob Malkunni o'n sakkiz soniyada nokaut qildi.
00:10. Asosiy janglarning navbatdagi bahsi boshlanmoqda. Jeykob Malkun va Fil Xouzga qarshi oktagonga ko'tariladi.
23:52. Ikkinchi raundda Myorfi hamyurtimizni bo'g'ish usuli bilan tutdi va afsuski Liliya taslim bo'lishga majbur bo'ldi.
23:47. Birinchi raundda hamyurtimiz hech bir jabhada raqibasidan sust harakat qilmadi. Birinchi besh daqiqalik uchun juda yaxshi desak ham bo'ladi.
23:42. Jang boshlandi. Hamyurtimizga omad
23:38. Hamyurtimiz jangga O'zbekiston bayrog'i bilan birgalikda chiqmoqda
23:29. Navbatdagi jangda Liliya oktagonga ko'tariladi...
23:26. Magomed birin-ketin kuchli zarbalar yo'llab, raqibini mag'lub etishga erishdi.
23:25. GAP - SO'Z yakunlandi. Magomed raqibini revanshda ham taslim etib, barcha gap so'zlarga chek qo'ydi.
22:54. Prelim janglar yakunlandi. Asosiy kardni uch marta bekor bo'lgan Magomed Ankalaev va Ion Kucelaba o'tasidagi revansh bahsi ochib beradi. Birinchi jangda hakamlarning tushunarsiz qarori bilan Magomed g'alaba qozongandi.
22:46. Prelim jangida Stefan Stryuve va Tay Tuivasaga qarshi oktagonga ko'tarildi. Birinchi besh daqiqaning so'nggi soniyasida Tay raqibini nokautga uchratib, g'alabani ilib ketdi.
22:38. So'nggi prelim jangi boshlandi. Endi navbat asosiy to'qnashuvlarga.... So'nggi prelim jangida Stefan Stryuve va Tay Tuivasa bahs olib boradi.
22:30. Navbatdagi bahs hakamlar qaroriga qoldi. Nataniel Vud Keysi Kinni o'rtasidagi bahsda hakamlarning qarori bilan Keysi Kinni g'alaba qozondi.
22:22. Ikkinchi bo'limda katta ustunlikka ega bo'ldi
22:17. Liliya SHakirova arenaga etib keldi va jangga so'nggi tayyorgarlikni olib bormoqda
22.16. Nataniel Vud Keysi Kinni o'rtasidagi jangning birinchi raundi hujumlar ostida o'tdi. Zarbalar natijasi: 47 - 47
22:08. Kechaning navbatdagi jangida Nataniel Vud Keysi Kinniga qarshi bahs olib boradi
22:00. Xabib va Getji jangi boshlanishiga uch soat qoldi
21:50. Rahmanovning bunday ajoyib harakatlaridan UFC bugungi bonuslardan birini aynan qozog'istonlikka bersa ajablanmaymiz
21:48. SHavkat nimalar qildi..... Birinchi besh daqiqalikning so'ngi soniyalarida Qozog'iston vakili raqibini ajoyib tarzda bo'g'ib oldi va braziliyalik taslim bo'lishga majbur bo'ldi.
21:37. Prelimning ikkinchi bahsda Qozog'iston vakili SHavkat Rahmanov Aleks Oliveyraga qarshi oktagonga ko'tariladi. 26 yoshli SHavkat uchun bu debyut jangi bo'ladi...
21:32. Hakamlarning biri Alviga, ikkinchisi koreyalikni g'alaba qozonganini elon qildi. Uchinchi hama esa durang deb elon qildi. SHu tariqa jangda g'olib nomi aniqlanmadi va durang natijasi elon qilindi.
21:29. Uchinchi bo'limda koreyalik jangchining ustunligi ostida o'tdi . Teng kurashlar ostida kechgan bahs g'olibini aniqlash hakamlarga qoldi.
21:23. Alvi jangning ikkinchi besh daqiqaligida biroz ustunlikka ega bo'ldi
21:17. CHon Da Un va Sem Alvi o'rtasidagi jangning ilk raundi yakunlandi. Hozircha bahs teng kurashlarda kechmoqda
21:07. Prelim janglar boshlanmoqda. Prelim janglarini CHon Da Un va Sem Alvi boshlab beradi.
20:44. Hakam Liana va Maverik o'rtasidagi jangning ikkinchi raunddida ruhsat bermadi. Sababi Jojuaning burni sindi va tehnik nokaut evaziga raqibasi g'alaba qozondi. Liana Jojua burni cingan jangidan yorqin FOTOGALEREYA
20:42. Liana - Maverik o'rtasidagi jangning ilk raundi yakunlandi. Kichik ustunlik Maverikda. SHuningdek, Liananing burni katta ehtimol bilan sindi
20:30. Kechaning ikkinchi jangida maftunkor Liana oktagonga ko'tariladi.
20:29.Yoel Alvares Aleksandr Yakovlevga qarshi oktagonga ko'tarilib, raqibini birinchi raundda taslim bo'lishga majbur qildi
20:20. Kechaning ilk jangi boshlandi
20:04. Janglar boshlanishiga sanoqli daqiqalar qoldi. Birinchi bo'lib oktagonga Aleksandr Yakovlev Yoel Alvaresga qarshi oktagonga ko'tariladi
UFC 254 turniriga oid videolarni TELEGRAMDAGI KANALIMIZDA ham kuzatib boring
19:42. Kechada bo'lib o'tadigan janglarning to'liq ro'yxati
19:24. Bugun oktagonga ko'tariladigan Liana Jojua jangga so'nggi tayyorgarlikni ko'rmoqda...
19:22. UFC 254 janglari mana shu arenada bo'ladi.
19:14. Bugun kechaning asosiy kardida hamyurtimiz Liliya SHakirova Loren Myorfiga qarshi oktagonga ko'tarildi. Sportchimizning jangdan avval bergan katta intervyusini o'qishingiz mumkin. Liliya SHakirova UFC uchun katta intervyu berdi + TO'LIQ MATN
19.10. Bugungi janglarni qaerda ko'rish mumkinligini bu SAHIFAda bilib olishingiz mumkin.
19:07. Kecha UFC 254 doirasida jang qiladigan barcha jangchilar so'nggi ko'z urishtirish marosimida ishtirok etishdi. FOTOGALEREYA
19:03: Assalomu alaykum saytimiz o'quvchilari. Ushbu sahifada UFC 254 startigacha bo'ladigan voqealarni kuzatib borishingiz mumkin.
Fikrlar