11 noy 08:16
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 256 kechasining markaziy jangi nima sababdan bekor bo'lgani malum
Xabaringiz bor, 12 dekabr kuni Las-Vegas shahrida UFC 256 kechasi bo'lib o'tishi lozim.
Kechaning markaziy jangida Amanda Nunes Megan Andersonga qarshi oktagonga ko'tarilishi lozim edi. Biroq kecha nomalum sababga ko'ra jang bekor bo'lgandi.
Bugun malum bo'lishicha, UFC chempioni Amandaning sog'lig'ida muammolar paydo bo'lgani bois jang kelasi yilning boshiga qoldirilgan. Bu haqida Amandaning raqibi Megan Andreson malum qildi.
Endi ularning jangi katta ehtimol bilan kelasi yilning 23 yanvarida tashkil etiladigan UFC 257 kechasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar