12 dek 08:05
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 256. Markaziy jang ishtirokchilarida bir xil vazn + FOTO
Xabar berganimizdek, ertaga tongda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.
Bugun tong saharda UFC 256 turniri ishtirokchilarini tarozidan o'tkazish marosimi tashkil etildi. Oqshomning markaziy jangi eng engil vazn toifasi chempionlik kamari uchun kechadi.
Unda amaldagi chempion Deyvison Figeredo davogar Brendon Morenoga qarshi oktagonga ko'tariladi. Jangchilar tarozida bir xil natija ko'rsatishdi - 56,4 kg. Anderkard jang qatnashchilari hisoblangan Toni Fergyuson 70,3, CHarlz Oliveyra esa roppa-rosa 70 kg tosh bosdi.
Asosiy kardning tarozi natijalari:
Deyvison Figeredo (56,4 kg) - Brendon Moreno (56,4);
Toni Fergyuson (70,3) - CHarlz Oliveyra (70);
Makkenzi Dern - Virna Yandiroba (52,1);
Kevin Xolland (83,9) - Ronaldo Souza (84,1);
Havola :
Manba : usatoday.com
Fikrlar