14 jan 14:55
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 270. 44 yoshli Oleynik safdan chiqdi, uning o'rniga darhol zaxira topildi
UFC 270 turnirining asosiy kardidan o'rin olgan janglarning birida juftlik o'zgardi.
Rossiyalik 44 yoshli Aleksey Oleynik (59-15-1 MMA, 8-6 UFC) UFC og'ir vazn toifasida amerikalik Greg Xardi (7-4 MMA, 4-4 UFC) bilan to'qnash kelishi kerak edi. Lekin jangga bir hafta qolganda Oleynik safdan chiqdi.
Endi Alekseyning o'rnini kelib chiqishi moldova-ukrainalik 26 yoshli jangchi Sergey Spivak (13-3 MMA, 4-3 UFC) egallaydi. Spivak so'nggi jangini o'tgan yilning sentyabr oyida Tom Aspinallga qarshi o'tkazib, birinchi raundning o'zida texnik nokautga uchragan edi. O'sha mag'lubiyatigacha u ketma-ket uchta jangda g'alaba qozongandi.
Etiborlisi, Sergey Spivak aynan Oleynikni ham mag'lubiyatga uchratgan edi. SHuningdek, Jared Vanderaa va Karlos Felipedan ham ustun kelgan.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar