22 jan 08:54
Yangiliklar

UFC 270 tarozi marosimi: Ngannu Gandan og'irroq tosh bosdi FOTOGALEREYA
Ertangi janglar oldidan UFC 270 turniri ishtirokchilari tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. Oqshomning markaziy jangi og'ir vazn toifasida amaldagi chempion Frensis Ngannu hamda vaqtinchalik kamar sohibi Siril Gan o'rtasida kechadi.
Tarozida Ngannu sobiq jamoadoshi Gandan og'irroq chiqdi. Frensis 116,57 kg, Siril esa 112,04 kg tosh bosdi. Anderkard jang ishtirokchilari Brendon Moreno va Deyveson Figeredo esa bir xil vazn qayd etishdi - 56,25 kg. Bu ularning uchinchi o'zaro jangi bo'ladi.
UFC 270. Tarozi natijalari
Asosiy kard
Frensis Ngannu (116,57 kg) — Siril Gan (112,04 kg)
Brendon Moreno (56,25 kg) — Deyveson Figeredo (56,25 kg)
Andre Fialo (76,88 kg) — Mishel Pereyra (77,11 kg)
Said Nurmagomedov (61,69 kg) — Kodi Stemenn (61,46 kg)
Trevin Jayls (77,11 kg) — Maykl Morales (77,11 kg)
Prelium kard
Raoni Barselos (61,23 kg) — Viktor Genri (61,46 kg)
Toni Greyveli (61,46 kg) — Saymon Oliveyra (61,69 kg)
Jek Della (77,34 kg) — Pet Rodrigez (77,34 kg)
Key Xensen (56,7 kg) — Jasmin Jasdavidius (56,7 kg)
Erta prelium kard
Vanessa Demopulos (52,39 kg) — Silvana Xuarez (52,39 kg)
Mett Frevola (70,08 kg) — Xenaro Valdez (70,53 kg).
Fikrlar